1 kunda o'z shaxsiy AI agentingiz

Kun oxirida sizda agent bo'ladi: sizni biladi, sizdek yozadi, har ishni eslaydi, telefoningizdagi Telegram orqali buyruq oladi, ovozli xabarni tushunadi va har ertalab o'zi reja yuboradi.

Dasturlash kerak emasWindows va MacHar prompt nusxa olinadi14 kun support

Yuqoridan Windows yoki Mac ni tanlang — sayt butun buyruqlarni shu tizimga moslab ko'rsatadi.

Kun rejasi

VaqtBlokNatija
09:30Tekshiruv: claude ochiladimi, Pro faolmiHamma bir xil startda
10:00AI agent nima — jonli namoyishNima qurishni ko'rasiz
10:301. Miya tuzilmasibrain papkasi
10:502. Klon: intervyu va sinovAgent sizni taniydi
11:503. Jurnal va Telegram plagini"Bugun nima qildik?" ishlaydi
12:10Tushlik va namozOrqada qolganlar yetib oladi
13:004. Telegram bot va ovozBot sozlangan
13:455. 24/7 va telefondan sinovTelefonda javob keladi
14:306. Ertalabki brifing va yakuniy tekshiruvTayyor agent
14:50O'z ishingizdan 3 ta real vazifaAgent ishga tushdi
15:30Natijalar, support tartibi, keyingi qadam

Oldindan kerak bo'ladigan narsalar

Bosib belgilab chiqing — belgilar shu brauzerda saqlanadi.

  • Noutbuk — Windows 10/11 yoki macOS 12+, kamida 8 GB RAM, 10 GB bo'sh joy. Planshet va telefon yaramaydi.
  • Claude Pro obunasi — 20 $/oy (claude.ai → Upgrade). Bepul akkauntda Claude Code ishlamaydi.
  • Xalqaro karta (Visa/Mastercard) — obuna uchun.
  • Telegram telefoningizda va o'z raqamingiz.
  • Google akkaunt — ovozli xabar uchun bepul Gemini kalit.
  • Administrator huquqi kompyuterda (ish noutbuki bo'lsa IT bo'limidan oldindan so'rang).
  • Zaryadlovchi va tok uzaytirgich.
  • Ixtiyoriy: o'zingiz yozgan 5 ta xabar yoki post (agent sizning uslubingizni shundan o'rganadi).

0-kun: o'rnatish (workshopdan 1–2 kun oldin, 90 daqiqa)

Zalda vaqt yo'qotmaslik uchun hamma narsa oldindan o'rnatiladi. Onlayn efirda birga qilamiz. Tugatgach yopiq guruhga skrinshot tashlang.

1. Claude Pro

claude.ai/upgrade → Pro → karta bilan to'lov. Shu email bilan keyin Claude Code ga kirasiz.

2. Claude Code o'rnatish

Start → PowerShell ni oching va buyruqlarni birma-bir kiriting. Avval Git (Claude Code unga tayanadi):

PowerShell
winget install --id Git.Git -e

PowerShell ni yopib qayta oching, keyin:

PowerShell
irm https://claude.ai/install.ps1 | iex

Launchpad → Terminal ni oching:

Terminal
curl -fsSL https://claude.ai/install.sh | bash

Tekshiruv — versiya raqami chiqishi kerak:

Tekshiruv
claude --version

3. Python (skriptlar uchun)

PowerShell
winget install -e --id Python.Python.3.12

Mac da odatda bor. Tekshiring; yo'q bo'lsa oyna chiqadi — "Install" bosing:

Terminal
python3 --version || xcode-select --install

4. Miya papkasini ochib, Claude ga kirish

PowerShell
mkdir $env:USERPROFILE\brain; cd $env:USERPROFILE\brain; claude --dangerously-skip-permissions
Terminal
mkdir -p ~/brain && cd ~/brain && claude --dangerously-skip-permissions

Birinchi marta brauzer ochiladi — Claude Pro akkauntingiz bilan kiring. Keyin yozing:

Prompt
Salom! Men kimligimni hali bilmaysan. Qaysi operatsion tizimda ishlayotganimni, Python va Git o'rnatilganini tekshir va natijani 3 qatorda ayt.

5. Kalitlarni oldindan olib qo'ying

Hammasini bitta matn faylga (masalan kalitlar.txt) saqlang. Workshopda agentga berasiz.

  • Telegram ID — Telegramda @userinfobot ga istalgan xabar yozing, u raqam beradi.
  • Bot token — @BotFather → /newbot → nom → username (bot bilan tugaydi) → token 123456:AA...
  • Gemini kalit (ovoz uchun) — aistudio.google.com/apikey → Create API key → AIza...
  • Ixtiyoriy: api_id va api_hash (agent sizning nomingizdan yozishi uchun) — my.telegram.org → API development tools. "ERROR" chiqsa VPN ni o'chiring.

6. Bun (Telegram plagini uchun)

PowerShell
powershell -c "irm bun.sh/install.ps1 | iex"
Terminal
curl -fsSL https://bun.sh/install | bash

1Miya tuzilmasi

Vaqt: 20 daqiqaNatija: brain papkasi, CLAUDE.md, jurnal

Agentning xotirasi — oddiy papka va matn fayllar. 3 qatlam: qoidalar, ish, shaxsiy. Ziddiyat bo'lsa kichik raqam yutadi.

Prompt
Sen mening shaxsiy AI agentimsan va hozir o'z miyangni quryapsan. Shu brain papkasida quyidagini yarat:
1) CLAUDE.md — konstitutsiya: sen kimsan, ustunlik tartibi (1-claude-tizim qoida > 2-biznes ish > 3-shaxsiy kontekst), har suhbat boshida nimani o'qishing, qat'iy qoidalar (faqat o'zbekcha lotin, qisqa, doim faylga yoz, fayl o'chirma, pul va begona odamga yozish faqat mening ruxsatim bilan).
2) 1-claude-tizim/: ish-uslubi.md (7-bo'lim "Mening uslubim" bo'sh), vazifalarim.md, 2-jurnal/ (jurnal.py: har sessiya va natijani sana bilan yozadi, "qidir so'z" buyrug'i bilan izlaydi).
3) 2-biznes/: biznesim.md, tasklar.md, 3-mijozlar/, 5-kontent/, 8-pul/.
4) 3-shaxsiy/: men-haqimda.md, maqsadlar.md, kun-tartibim.md, xotira.md.
5) holat.md — 6 bosqichli jadval (miya, klon, jurnal, telegram, 24/7, brifing) va hozir 1-qatorni ✅ qil.
Operatsion tizimimni o'zing aniqla. Tugatgach 5 qatorda tushuntir: miyang qanday tuzilgan.

Tekshiruv

Prompt
xaritani ayt

Agent 3 qatlamni va asosiy fayllarni sanab bersa — tayyor.

Fayllarni ko'rish uchun Obsidian o'rnating → Open folder as vault → brain. Buni uyda ham qilsa bo'ladi.

2Klon: agent sizni o'rganadi

Vaqt: 60 daqiqaNatija: agent sizdek yozadi
Prompt
Endi meni o'rgan. Menga intervyu o'tkaz: savollarni 3-4 tadan ber, javoblarimni SO'ZMA-SO'Z (qisqartirmasdan) tegishli faylga yoz va har guruhdan keyin "✅ Yozdim: ..." de.
Guruhlar: A) men kimman (men-haqimda.md); B) biznesim: nima sotaman, narxlar, mijozim kim, eng katta muammo, oylik daromad va maqsad (biznesim.md, maqsadlar.md); C) mijoz bilan qanday gaplashaman, ko'p beriladigan 5 savol; D) uslubim: siz/sen, qisqa/batafsil, emoji, tez-tez ishlatadigan iboralarim (ish-uslubi.md 7-bo'lim — eng muhim); F) kunim qanday o'tadi, zerikarli takroriy ishlar, sen HECH QACHON o'zing qilmasliging kerak bo'lgan ishlar.
Zalda vaqt kam: har guruhdan eng muhim 2-3 savolni ber (jami 12 ta), qolganini holat.md ga "uyda" deb yoz.

Uslub namunasi (eng qimmat xomashyo)

Prompt
Mana men o'zim yozgan xabarlar. Ulardan uslubimni o'rgan va ish-uslubi.md 7-bo'limiga qoida qilib yoz:
[shu yerga 3-5 ta xabar yoki postingizni tashlang]

Sinov — birma-bir yozing

1
meni taniysanmi?
2
task qo'sh: mijozga taklif yuborish, muddat juma
3
chiqim 50$, reklama
4
bugun nima qilaman?
5
mijozga javob yoz: "narxi qancha?" degan. Mening uslubimda, avval menga ko'rsat

3Jurnal va Telegram plagini

Vaqt: 20 daqiqaNatija: agent har ishni eslaydi
Prompt
Jurnalni avtomatik qil: ~/.claude/settings.json ga hook qo'sh — har sessiya boshi va har zaprosda jurnal.py yozib borsin (mavjud sozlamalarni saqla, JSON to'g'riligini tekshir). Keyin Telegram plaginini o'rnat. Tugatgach menga aniq ayt: qanday chiqib qayta kiraman.

Plagin buyruqlari (agent o'zi bajaradi, zarur bo'lsa qo'lda):

Buyruq
claude plugin marketplace add anthropics/claude-plugins-official
claude plugin install telegram@claude-plugins-official --scope user

Chiqib qayta kirish: /exit, keyin:

PowerShell
cd $env:USERPROFILE\brain; claude --dangerously-skip-permissions
Terminal
cd ~/brain && claude --dangerously-skip-permissions
Tekshiruv
davom et. Bugun nima qildik?

4Telegram: bot va ovoz

Vaqt: 45 daqiqaNatija: bot telefoningizda
Prompt
Telegram botni sozla. Mana ma'lumotlar:
Bot token: [BotFather bergan token]
Mening Telegram ID: [userinfobot bergan raqam]
Gemini kalit: [AIza...]
Tokenni plagin papkasidagi .env ga yoz, access.json da faqat mening ID imni ruxsat qil (allowlist). Tokenni getMe bilan tekshir. Ovozli xabarni matnga o'giradigan ovoz.py yoz (Gemini orqali) va kalitni tekshir. Tugatgach menga botni ochib Start bosishni ayt.
Bonus (uyda): agent sizning nomingizdan yozsin

my.telegram.org dan olingan api_id va api_hash kerak. Node.js o'rnatiladi:

PowerShell
winget install -e --id OpenJS.NodeJS.LTS
Terminal
curl -o- https://raw.githubusercontent.com/nvm-sh/nvm/v0.40.3/install.sh | bash && source ~/.nvm/nvm.sh && nvm install --lts
Prompt
O'z Telegram akkauntimni ula (userbot MCP). api_id: [..], api_hash: [..], telefon: [+998..]. Kod kelganda men aytaman. Qoida: mening nomimdan faqat men aniq buyurganda yozasan va avval matnni ko'rsatasan.

524/7: agent doim ishlaydi

Vaqt: 45 daqiqaNatija: telefondan yozsangiz javob keladi
Prompt
Endi o'zingni doimiy rejimga o't: alohida oynada Telegram kanali bilan ishlaydigan sessiya ochadigan va u yopilsa 5 soniyada qayta ko'taradigan skript yoz (loop). Kompyuter yonganda o'zi ishga tushsin va har daqiqada tekshirib tursin. Uyqu rejimini o'chir. Ishga tushir va 60 soniyada Telegram ulanganini tekshir.

Agent ishlatadigan asosiy buyruqlar (ma'lumot uchun):

PowerShell
Set-ExecutionPolicy -Scope CurrentUser RemoteSigned -Force
schtasks /Create /F /TN JarvisStart /SC ONLOGON /TR "powershell -ExecutionPolicy Bypass -File %USERPROFILE%\jarvis\jarvis-start.ps1"
schtasks /Create /F /TN JarvisWatch /SC MINUTE /MO 1 /TR "powershell -WindowStyle Hidden -ExecutionPolicy Bypass -File %USERPROFILE%\jarvis\jarvis-start.ps1"
powercfg /change standby-timeout-ac 0
Terminal
launchctl bootstrap gui/$(id -u) ~/Library/LaunchAgents/com.jarvis.agent.plist
sudo pmset -a disablesleep 1
Sessiya ichida
claude --channels plugin:telegram@claude-plugins-official --dangerously-skip-permissions

Telefondan sinov

  • Botga yozing: tasklarim? — 👀 va javob kelsin.
  • Ovozli xabar: "ertaga soat 10 da uchrashuv, task qilib qo'y".
  • Terminalni yoping (agent oynasini emas) va yana yozing: bugun nima qildik?

Kompyuter tokka ulangan va yoniq tursin. Kompyuter o'chsa agent ham to'xtaydi — doimiy ishlashi uchun serverga ko'chirish mumkin (support bo'limiga qarang).

6Ertalabki brifing va yakun

Vaqt: 20 daqiqaNatija: har kuni 08:30 da reja keladi
Prompt
Har kuni 08:30 da menga Telegramga ertalabki brifing yubor: bugungi 3 ish (bittasi sotuv yoki kontent), muddati o'tgan tasklar, maqsadimga qancha qoldi. Buni jadvalga qo'y (Windows: Task Scheduler, Mac: launchd) va hozir bir marta sinab yubor.

Yakuniy 6 tekshiruv

  • MIYA — "xaritani ayt" to'g'ri javob beradi
  • KLON — "meni taniysanmi?" faqat fayllardan, to'g'ri
  • JURNAL — "kecha nima qildik?" eslaydi
  • ALOQA — telefondan yozsa javob keladi
  • OVOZ — ovozli xabarni tushunadi
  • BRIFING — sinov brifingi keldi

Kundalik buyruqlar

Telefondan botga yoki kompyuterda claude ga yozasiz.

Ish

tasklarim?
task qo'sh: ..., muddat ...
bugun nima qilaman?
kun yakuni

Pul va kontent

kirim 500$ mijoz ...
bu oy qancha?
post yoz: ... mavzuda, mening uslubimda
g'oya: ...

Miya

maqsadimni eslat
bu faylni tegishli joyga saqla
intervyuni davom ettir

Tizim

holatingni tekshir
jurnaldan qidir: ...
shu xatoni tuzat

Ko'p uchraydigan xatolar

Avval doim: xato matnini yoki skrinshotni agentga tashlang — "shu xatoni tuzat". Ko'p muammo shu bilan hal bo'ladi.

"claude" buyrug'i topilmadi

PowerShell ni yopib qayta oching. Bo'lmasa o'rnatish buyrug'ini qayta bering. Git o'rnatilganini tekshiring: git --version.

"running scripts is disabled" (skript bloklangan)
PowerShell
Set-ExecutionPolicy -Scope CurrentUser RemoteSigned -Force
winget topilmadi

Microsoft Store → "App Installer" ni yangilang yoki Python/Git ni rasmiy saytdan yuklab o'rnating.

Kompyuter uxlab, bot javob bermayapti
PowerShell
powercfg /change standby-timeout-ac 0
schtasks /Run /TN JarvisStart
"command not found: claude"
Terminal
source ~/.zshrc && claude --version
Skript ochilmayapti (karantin)
Terminal
xattr -d com.apple.quarantine ~/jarvis/*.command 2>/dev/null
Qopqoq yopilsa agent to'xtaydi
Terminal
sudo pmset -a disablesleep 1
Bot javob bermayapti

Agent oynasi ochiqmi? Tokenni tekshiring (agentga: "bot tokenini getMe bilan tekshir"). access.json da ID ingiz bormi.

Ovozli xabar tushunilmayapti

Gemini kalitini tekshiring: agentga "Gemini kalitni tekshir" deb yozing. VPN yoqilgan bo'lsa o'chiring.

Workshopdan keyin: 14 kun support

1. O'zingiz

Xatoni agentga tashlaysiz: "shu xatoni tuzat". Sayt va xatolar bo'limi doim ochiq.

2. Yopiq guruh

Savolingizni yozasiz. Avval AI yordamchi javob beradi, hal bo'lmasa har kuni 20:00 da yordamchi.

3. Jonli soat

3-kun va 10-kun — 60 daqiqalik Zoom, ekraningizni ko'rsatib tuzatamiz.

4. Keyingi qadam

Serverga ko'chirish (kompyuter o'chsa ham ishlaydi), Gmail/kalendar ulash, kompaniya uchun to'liq AI tizim.